
Ikki legionerimiz o‘z jamoalarida debyut qildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston U17 terma jamoasi hujumchisi Amirbek Saidov Serbiyaning "Edinstvo Ub" klubi a’zosiga aylangan edi. Kecha Serbiya chempionati start oldi va legionerimiz yangi jamoasida debyut qildi.
Saidov "Tsrvena Zvezda"ga qarshi 58-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi, biroq jamoa 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, "Edinstvo Ub" o‘tgan mavsum Serbiya birinchi ligasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritib oliy liga yo‘llanmasiga ega chiqqandi.
Bundan tashqari, yaqinda "Al-Batex" safiga ko‘chib o‘tgan Aziz G‘aniev ham "Krivbas"ga qarshi uchrashuvda debyut qildi. G‘aniev bahsni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Bellashuv esa 1:1 hisobida yakunlandi.
Fikrlar