Ikardi Turkiya chempionatida qolishi mumkin

  • 14 aprel, 2023, 21:25
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Galatasaroy" klubida ijara asosida to‘p surayotgan Mauro Ikardi Turkiya chempionatida qolishi mumkin. Jamoa uni 10 million evroga sotib olmoqchi, deya xabar bermoqda "Le Perisien" nashri.

Tecno

Argentinalik hujumchi mavsum boshida "Galatasaroy" tarkibiga kelib qo‘shildi. U yangi jamoasida o‘zini yaxshi his qilmoqda. 30 yoshli hujumchi 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 7 ta assist amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Ikardi 2019 yilda "Inter"dan PSJga ijaraga o‘tdi. Keyinchalik parijliklar uni 50 million evroga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!