III MDH o‘yinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi

  • 10 oktabr, 11:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Ozarbayjonning Go‘ygul shahrida o‘tkazilgan III MDH o‘yinlari kompleks musobaqasi dasturidan o‘rin olgan dzyudo bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi Vatanga qaytdi. 

Tecno

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar sportchilarimizni Sport vazirligi hamda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi mutasaddilari, dzyudochilarimiznining oila a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi. 

Eslatib o‘tamiz, III MDH o‘yinlarining yakkalik bahslarida dzyudochilarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush, 8 ta bronza, jami 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olishgandi. Aralash jamoaviy bellashuvlarda esa finalga qadar Belarus va Rossiya terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratgan dzyudochilarimiz musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘lishgan edi.   

Yakkalik bahslaridagi g‘olib va sovrindorlarimiz:

Oltin medallar:
+70 kg: Zarina Bobonazarova 
+90 kg: Alibek Durdiev

Kumush medallar:
-48 kg: Saodat Qoraboeva 
-90 kg: Musurmonqul Axrorov

Bronza medallar:
-40 kg: Mohinur Ollaberganova 
-44 kg: Alina Kolyucheva 
-52 kg: Nigina Umrzoqova
-57 kg: Maftuna Ahmedova 
-60 kg: Dilshod Karimov
-63 kg: Zuhrajon Umarova 
-66 kg: Sanjarbek Ashurov
-73 kg: Sa’dullo Ravshanov

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!