
Igor Tudor: "Yuventus" – bu hayotimning bir qismi"
"Yuventus" bosh murabbiyi Igor Tudor turinliklar haqida fikr bildirdi.
"Men uchun "Yuve" – hayotimning bir qismi. U meni shaxs va professional sifatida shakllantirdi. Professional jihatdan ham "Yuventus“ mening bir parcham.
1998 yil yozida futbolchi sifatida kelganimda, jamoa Chempionlar ligasini yutgan, muhim sovrinlarni qo‘lga kiritgan edi. Bu deyarli haqiqatdek tuyulmasdi. Zidanning yolg‘iz maydonda mashq qilishi, boshqalarning yo‘qligi g‘alati edi.
Bu xotiralar men bilan abadiy qolgan. Marchello Lippi bizga o‘rgatganidek, o‘sha vaqtlarda biz darvozalar va to‘plarni o‘zimiz tashirdik. Bu boshqa davr edi", — dedi Tudor.
Skudetto imkoniyatlari haqida:
"Bu aniq – "g‘alaba" so‘zi bu erda har doim yuradi. Mavsum boshida bir necha marta imkoniyatlar haqida gapirganman. Ammo mavsum davomida maqsadlar haqida gapirmayman, men faqat aniq narsalarni muhokama qilaman. Chunki maqsadlar haqida gapirilmaydi, ularga erishiladi", — dedi "Yuventus" murabbiyi DAZN nashriga.
Fikrlar