Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: "Jenoa"dan taklif bo‘lgan edi, ammo...

  • 24 noyabr, 2021, 09:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda, "Nijniy Novgorod" klubi sharafini himoya qilayotgan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev bilan suhbatlashdik. RPLda to‘p surayotgan legionerimiz muxlislarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi.

Tecno

opsh45opsh4o4p

"Nijniy Novgorod" klubi sizni qanday qarshi oldi? Jamoaga kirishib ketish uchun qanday to‘siqlarni engib o‘tishga to‘g‘ri keldi?

- Jamoa meni yaxshi kutib oldi. O‘ylashimcha, bunga asosiy sabab Kerjakov meni o‘z jamoasida ko‘rayotgani bo‘lgan. Borganimga ikki kun bo‘lganiga qaramay, birinchi uchrashuvning o‘zidayoq asosiy tarkibda maydonga tushdim. Hech qanday muammosiz kollektivga qo‘shilib ketdim. To‘g‘ri, faoliyatimda ilk bor legionerga aylanganim uchun ko‘nikish oson bo‘lgani yo‘q. Ayni damda, jamoaga to‘liq kirishib ketdim.

RPL darajasi qanday? Zamonaviy liga O‘zbekiston chempionatidan qay darajada oldinlab ketgan ekan?

- Rossiya chempionati o‘zimiznikidan ancha kuchliroq. Birinchi navbatda, ligada to‘p suruvchi futbolchilar o‘rtasidagi farq juda katta. Bu erda Evropaning kuchli terma jamoalari a’zolari harakat qiladi. Murabbiylarning futbolga qarashi ham rang-barang. Har bir bellashuvda o‘zim uchun yangilik kashf etyapman. Tempda ham farq juda katta. RPLda o‘yin tezligi, kontaktlar va jismoniy tayyorgarlik birinchi planga ko‘tariladi. Agar barcha aspektlarda yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lmasangiz, bu erda to‘p surish juda mushkul.

p3o‘4lpo‘34lo‘pl34_1

Siz taniqli sobiq futbolchi Aleksandr Kerjakov qo‘l ostida harakat qilyapsiz. Aytingchi, u bilan futbol haqida suhbatlashib turasizmi? U qanday inson va qanday murabbiy?

- Aleksandr Kerjakov juda bosiq inson. Tez-tez suhbatlashib turamiz, ammo yaqin do‘stmiz, deb ayta olmayman. U o‘z o‘yin falsafasiga ega kuchli mutaxassis. O‘yinlardan oldin bizga kerakli ko‘rsatmalarni sodda va tushunarli tarzda tushuntirib beradi. Mashg‘ulotlarda qattiqqo‘l bo‘lishiga qaramay, hayotda pozitiv inson. Biz bilan tez-tez hazillashadi. Chinakam professional.

Rejalaringiz qanday? "Nijniy Novgorod"da yana qancha qolasiz? Umuman olganda, klubdagi faoliyatingizdan ko‘nglingiz to‘lyaptimi?

- Klubim bilan bir yillik shartnoma imzolaganman. Hozircha, bu erdagi barcha narsa meni qoniqtirmoqda. Ichki muhit, kuchli chempionat, yaxshi murabbiy va kuchli jamoadoshlar. O‘ylashimcha, "Nijniy Novgorod"ga o‘tish faoliyatimdagi yangi qadam bo‘ldi. Hozircha, boshqa jamoa haqida o‘ylamayapman. Oldinda muhim bahslar juda ko‘p. Meni mavsumning qolgan qismini ko‘ngildagidek o‘tkazishdan boshqasi qiziqtirmayapti. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.

O‘zbekiston terma jamoasiga tayinlangan yangi murabbiyi Srechko Katanets haqida qanday fikrdasiz? Uning tanlovi to‘g‘ri bo‘ldimi?

- Srechko Katanets juda qattiqqo‘l mutaxassis ekan. Birinchi mashg‘ulotidayoq buni hammaga tushuntirdi. U futbolchilardan nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham tarib-intizomni talab qilmoqda. Shuningdek, kuchli jamoa qurish uchun a’lo darajadagi ichki muhitni hosil qilmoqchi. Hozir Katanets bizni kuchli jamoaga aylantirish yo‘lida mehnat qilmoqda.

p3o‘4lpo‘34lpo‘

Sizni Italiyada kutishmoqda. Til o‘rganishni boshladingizmi? A Seriyaga o‘tishga tayyorlanyapsizmi?

- Italiyaga o‘tish borasida hali aniq qaror qabul qilganim yo‘q. Menda Italiyaga o‘tish borasida taklif bo‘lgan edi. Bu qaror haqida bosh qotirayotgan paytimda, parellel ravishda "Nijniy Novgorod"dan ham taklif kelib tushdi. Avvaliga o‘zimizga yaqinroq bo‘lgan RPLda legioner bo‘lishga qaror qildim. Sekin-asta ishonchli to‘p surib, yanada kuchliroq chempionatga yo‘l olishni oldimga maqsad qilib qo‘yganman. To‘g‘risi, til o‘rganishni hali boshlaganim yo‘q. Nasib qilsa, tez orada ingliz tili darslarini olishni boshlash rejamda bor.

"Jenoa" bilan og‘zaki shartnoma imzolaganingiz borasida mish-mishlar yuribdi. Bu rostmi?

- Bu haqda mish-mishlar juda ko‘p bo‘ldi. Menimcha, har qanday futbolchi bilan bunaqasi sodir bo‘lib turadi. Bu yoqimli holat. Rostini aytsam, "Jenoa" bilan hech qanday og‘zaki shartnoma imzolamaganmiz. Turli saytlarda ular meni qo‘lga kiritishdan avval bir yil RPLda to‘p surishimni so‘ragani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu noto‘g‘ri. Taklif bo‘lgani rost, ammo "Jenoa"ga yo‘l olish uchun "Nijniy Novgorod" bilan shartnoma imzolamaganman. Bu klubda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev suhbatlashdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Лучше Насаф
24/11/2021 09:06
San bir tynsan