
Ibragimovich "xet-trik" qayd etdi va klub rekordini o‘rnatdi
"Los-Anjeles Gelaksi" forvardi Zlatan Ibragimovich MLSning navbatdagi turidan o‘rin olgan "Sporting Kanzas Siti" (7:2) ga qarshi uchrashuvda 3 ta gol urdi.
37 yoshli futbolchi MLSda ikkinchi bor "xet-trik" qaydi etmoqda va shuningdek, uning hisobida 6 ta "dubl" ham bor.
Shvetsiyalik futbolchi mavsumning 25 ta bahsida ishtirok etib, 26 ta gol urishga erishdi va klub rekordini o‘rnatdi. Bungacha jamoaning bir mavsumda eng ko‘p gol urgan futbolchisi Karlos Ruis edi. U 2002 yilgi mavsumda 24 ta gol urishga erishgan.
To‘purarlar oygasida Ibragimovich ikkinchi bo‘lib turibdi. Undan yuqorida "Los-Anjeles" hujumchisi Karlos Vela (28 ta gol bilan) bormoqda.
Fikrlar