Ibragimovich ham o‘ziga klub sotib oldi

  • 27 noyabr, 2019, 16:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Los-Anjeles Gelaksi" klubi bilan shartnomasi yakuniga etib borayotgan hujumchi Zlatan Ibragimovich bundan bir necha kun muqaddam o‘z instagramiga Shvetsiyaning “Xammarbyu” klubi libosida tushgan suratini joylashtirgan edi.

Tecno

Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki bu 38 yoshli futbolchining yangi jamoasi emas. Zlatan ushbu shved klubining yarim aktsiyasini sotib olgan.

“Xammarbyu” – shonli tarixga va jonkuyar muxlislarga ega ajoyib jamoa. Men hamisha ushbu jamoaga va uning qayd etgan natijalariga havas qilardim. Shvetsiyaning mana shunday buyuk jamoalaridan biriga yordam berishdan xursandman”, - deydi Ibragimovich.

Ma’lumot uchun, “Xammarbyu” klubiga 1897 yilda asos solingan. U o‘z tarixida bir marta Shvetsiya chempionligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!