Husanovning Transfermaktdagi narxi o‘zgardi

  • 18 mart, 17:07
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfermarkt portali APL futbolchilarining transfer narxini yangiladi.

Tecno

Unga ko‘ra, legionerimiz Abduqodir Husanov 35 million evroga baholandi. Himoyachining narxi sezilarli 23 million evroga yuqoriladi.

Image

Ushbu yangilanishdan so‘ng Abduqodir Husanov Osiyoning ikkinchi eng qimmatbaho markaziy himoyachisiga aylandi - u faqatgina "Bavariya" jamoasining koreyalik futbolchisi Kim Min Jaega (45 million evro) ortda qolmoqda. Bundan tashqari, Husanov Osiyo futbolchilari orasida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. Undan qimmatroq baholanganlar: yaponiyalik Kaoru Mitoma ("Brayton", 45 million evro), yuqorida tilga olingan Kim Min Jae va yana bir yaponiyalik Takefusa Kubo ("Real Sosedad", 40 million evro) hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, futbolchimizning so‘nggi yangilanish (10 dekabr)dan keyingi bozor qiymati 12 million evroni tashkil etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!