Husanovning transferiga qarshi chiqishmoqda!

  • 7 dekabr, 2024, 23:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Qishki transferlar oynasi ochilishi bilan Evropaning bir necha klublari “Lans” himoyachisi Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘radi.

Evropadagi manbalar 20 yoshli o‘zbek futbolchisiga Frantsiyadan “Marsel”, “Pari Sen-Jermen”, Ispaniyadan “Atletiko Madrid”, Germaniyadan “Bayer” va Angliyadan kamida ettita klub da’vogarlik qilayotganini yozmoqda.

Ular orasidan PSJ, “Atletiko”, “Tottenxem” va “Nyukasl” yanvarda “Lans” eshigini qoqishi kutilyapti.

“Lans” faoliyatini yoritib kelayotgan lensois.com portali muxlislarning Husanov transferiga munosabatini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma tashkil qildi. Ushbu manba Abduqodirni transferiga oid qanday qaror qabul qilish kerakligi haqida jamoa ishqibozlariga ikkita variant bo‘yicha ovoz berishni so‘radi.

Natijalar quyidagi ko‘rinish hosil qildi:

Yo‘q, Husanovni transfer qilishga hali erta, agar klub iqtisodiyotiga mablag‘ kerak bo‘lsa, boshqa o‘yinchilarni sotib yuborish kerak: 74,41 foiz ovoz.

Ha, iqtisodiy ahvoldan kelib chiqib, Husanovni qo‘yib yuborish kerak, o‘rniga baribir boshqa o‘yinchi topiladi: 25,59 foiz ovoz.

Ko‘rinib turibdiki, “Lans” ashaddiy muxlislarining aksariyati Abduqodir Husanov jamoada qolishini istaydi.

Sports.uz portali frantsiyalik ishqibozlarning Husanov transferiga oid fikr-mulohazalarini keltiradi.

508GT:

Har qanday summa tikilishidan qat’iy nazar, Husanovni qishda transfer qilish katta xato bo‘ladi. Chunki yozga borib, himoyachining narxi ikki baravar ko‘tarilishiga ishonchim komil. “Lans” shartni o‘zi qo‘yishi kerak. “Katta klublar” savdodan qochmaydi, ko‘z tikkanini baribir olib o‘rgangan.

Sly62:

Husanov jamoada qolishi kerak. Pul kerak bo‘lsa, shtatlarni va maoshlar fondini qisqartirish mumkin. Husanov katta daromad keltirishi mumkin, lekin uning “Lans”dagi maoshi juda past va klubga umuman og‘irlik qilmaydi.

LeVentDuNord:

Klub qishda Husanovning narxini maksimal darajada ko‘tarib, katta klublarga sotib yuboradigan ko‘rinadi. Ular qisqa muddatda pul ishlashga qiziqyapti.

O‘zimg qolsa, Abduqodirni tarkibda saqlab qolish shart, degan qarorga kelib bo‘lganman.

Sabai:

Angliya klublari Husanovga “Lans”ga nisbatan bir necha baravar ko‘p maosh bera oladi. Abduqodirning o‘zi ham ketish istagini bildirishi mumkin.

Flo:

Hamma Husanovning “Lans”da qolishi tarafdori ekani ko‘rinib turibdi. Lekin xaridor klub stol ustiga 40 million evro atrofidagi mablag‘ni qo‘ysa, “Lans” uni sotib yuborishi kerak. Husanov arzimagan pulga olib kelinganini inobatga olsak, bu sof foyda bo‘ladi.

Bonaparte:

Ko‘p yosh futbolchilardan farqli ravishda Abduqodir yulduzlik kasaliga chalinmagan. U pullar, hashamat, qimmatbaho mashinalarga, yorqin hayot kechirishga qiziqmaydi. Lekin muntazam Chempionlar ligasida qatnashishni, dunyoning eng zo‘r chempionati hisoblangan Angliya Premer-ligasida o‘ynayshni orzu qilsa kerak!

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2023 yilning yozida “Lans”ga ko‘chib o‘tgan va Frantsiya chempionatidagi birinchi o‘zbek futbolchisi sifatida tarixga o‘z nomini yozdirib qo‘ydi.

Ana xolos: Kutilmaganda Shomurodovning yo‘li ochildi!

Fayzullaevga “Monako” qiziqayotganiga munosabat bildirildi!

Fayzullaev Frantsiyaga boradimi?
Agar bu jamoada o‘ynaganida Fayzullaev uchun 15 emas, 50 million evro berishardi!
Fayzullaev – katta yo‘qotish!

Fayzullaev muxlislari o‘qisin: Abbosga yordam beraylik!

Eldorni nimalar kutmoqda? Shomurodovga oid so‘nggi yangiliklar

Hamma shokda: Shomurodov bilan o‘ynagan futbolchi uchrashuvda yuragi to‘xtab, maydonga yiqildi! (foto)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!