
Husanovning tajribali jamoadoshi jarohat oldi
"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz jarohati sabab Angliya terma jamoasida o‘ynamaydi.
Tajribali futbolchi mushaklaridagi muammolar tufayli terma jamoa qarorgohini tark etdi, deya xabar bermoqda Daily Mail jurnalisti Jek Gogan.
"U eg‘inga mushaklarida kichik muammolar bilan keldi va biz kutganimizdek ahvoli yaxshilanmadi. Tavakkal qilmaymiz", - dedi Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel.
6 sentyabr kuni Angliya terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasida Andorrani qabul qiladi, 9 sentyabr kuni jamoa Serbiya mehmoni bo‘ladi.
"Siti" Stounz ehtiyot chorasi sifatida Angliya tarkibidan chiqarilganini ma’lum qildi.
Fikrlar