Husanovning narxi birdan oshdi, “Lans” uni ushlab qola olmaydi!

  • 6 dekabr, 2024, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Abduqodir Husanov joriy mavsumda o‘ziga berilgan imkoniyatdan foydalanib, “Lans” murabbiylar shtabini bir necha mavsum ideal hisoblangan Jonatan Gradit – Kevin Danso – Fakundo Medina himoya uchligini buzib yubordi.

20 yoshli o‘zbek himoyachisi lansliklar etakchisi Kevin Dansoning ikki oyda davomida yo‘qligida asosiy tarkibning muqim figurasiga aylandi. Bosh murabbiy Uill Still Danso safga qaytgandan keyin uning o‘rnida o‘ynagan Abduqodirni tarkibdan chiqarmadi, aksincha, himoya sxemasini o‘zgartirishga qaror qildi.

Hozir Husanov Evropaning o‘ndan ziyod kuchli klublari nishoniga tushgan. Ekspertlar hamyurtimiz atrofida yuzaga kelgan vaziyatni tahlil qilmoqda.

Sports.uz portali Frantsiya manbalarining legioner transferiga oid qarashlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qilishda davom etadi.

Kristof Shaad, lensois.com eksperti:

Angliya manbalari Abduqodir Husanovga Premer-liganing etti klubi jijjiy qiziqayotgani va ulardan ikkitasi – “Tottenxem” va “Nyukasl” transferni yanvarda amalga oshirishni rejalashtirayotgani haqida yozayotgani bo‘yicha muxlislarga ma’lumot etkazgan edik.

Nufuzli manbalardan L'Equipe nashri o‘zining insayderlari orqali Angliya superklublarining maqsadi jiddiy ekani, Husanov transferi uchun ular 30 million evrodan ko‘proq mablag‘ tikishga tayyorligidan xabar topdi.

Husanovga bo‘layotgan qiziqishlar “Lans”ning transfer siyosatiga ta’sir qilmoqda. Ilgari eng katta daromad keltirishi kutilgan Kevin Danso ikkinchi planga o‘tdi. Uning yozda “Roma” bilan 26 million evroga kelishilgan transferi tibbiy sabablarga ko‘ra barbod bo‘ldi. Garchi avstriyalik himoyachining nomi hamon transfer bozorida yangrayotgan bo‘lsa-da, endi xaridorlar bu o‘yinchi uchun “Lans” kutgan summani bermaydi.

Ayni paytda o‘zbek himoyachisining transfer summasi Dansonikidan o‘tib ketdi va juda tez ko‘tarilmoqda. “Lans” xo‘jayinlari klubga bo‘layotgan moliyaviy bosimni bartaraf etish uchun ikki markaziy himoyachidan birini sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Timoti Jan, foot-sur7.fr sayti eksperti:

“Lans”dagi o‘yinlari bilan hammanining nazariga tushgan Abduqodir Husanovga xaridor bo‘layotgan klublardan ayrimlari qishki transferlar vaqtida lansliklarga katta takliflar bilan murojaat qilishi kutilmoqda.

“Lans”ga kulgili narxga olib kelingan Abduqodir qisqa fursatda Liga 1 kashfiyotiga aylandi. Uning himoya markazidagi ishonchli o‘yini Evropa klublari e’tiborini tortdi.

Frantsiyaning etakchi klublaridan “Pari Sen-Jermen” va “Marsel” o‘zbek o‘yinchisini kuzatish bilan band bo‘lgan bir paytda Husanov uchun kurashga Madridning “Atletiko” klubi ham qo‘shilganini alohida ta’kidlash mumkin.

Insayder Muhammad Tubash-Ter madridliklarning qiziqishi juda jiddiy ekanini, o‘yinchining salohiyatini payqagan “Atletiko” mutasaddilari qishki  transferlar davridayoq uni o‘z safiga qo‘shib olishni mo‘ljallayotganini aytdmoqda.

Buyog‘iga Angliya klublari, xususan “Tottenxem” va “Nyukasl” 30 million evrodan ortiq mablag‘ tikkan holda “Lans”ni  o‘zbek himoyachisini qo‘yib yuborishga ko‘ndirishga bel bog‘lagan.

Bu holatda “Lans” 20 yoshli himoyachini ushlab qola olmasligining ehtimoli katta. 100 ming evroga olingan o‘yinchi katta miqdorda daromad keltirishi lansliklarni ham befarq qoldirmaydi, aslida. Biroq “Lans” harchand harakat qilmasin, grand klublarning Husanovga hujumini qaytarish oson bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov “Bunyodkor” tizimidan etishib chiqqan. Ammo professional faoliyatini Belarusning “Enargetik-BGU” jamoasida boshlagan. Hamyurtimizning O‘Zbekiston yoshlar terma jamoasi safida xalqaro miqyosdagi o‘yinlari xorij klublari e’tiborini tortgan edi. Ular orasida “Lans” aniq taklif bilan chiqdi va 2023 yilning yozida Husanovni o‘z safiga qo‘shib oldi. Mana bugun bu o‘ta muvaffaqiyatli transfer bo‘lib chiqqani o‘z isbotini topmoqda.

Fayzullaev Frantsiyaga boradimi?

O‘zbek to‘purari Evropadagi ligani zabt etgani boradigan bo‘ldi

Fayzullaev – katta yo‘qotish!

Agar bu jamoada o‘ynaganida Fayzullaev uchun 15 emas, 50 million evro berishardi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
05/12/2024 22:56
Оладими омайдими бизга Бир сум бермайди
&
998913335306
05/12/2024 22:23
Шундай футболчиларни нега ўзбекистон дан арзимаган нархда ОЛИБ кетади. Бизда селексия яхши ишламаслигими. Сабаб нима ким жавоб бераолади?
Sunnatjon Hamdamov
05/12/2024 22:00
Angliya eng zur variant