Husanovni “Real”ga qarshi o‘ynat! Gvardiolaga shunday talab qo‘yildi
Angliya Premer-ligasidagi ishlarini ancha tartiblab olgan “Manchester Siti” endi Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi ahvolini ham yaxshilashi talab etiladi.
Qit’a miqyosidagi eng nufuzli musobaqaning o‘tgan turida Xosep Gvardiola tanlagan taktika jamoaning o‘z maydonida “Bayer”dan mag‘lubiyatga uchrashiga olib keldi. Birgina mag‘lubiyat “shaharliklar”ni musobaqa jadvalida to‘qqizinchi qatorga tushirib qo‘ydi.
“Manchester Siti” to‘g‘ridan to‘g‘ri pley-offga chiqishi uchun kuchli sakkizlikka kirishi kerak. O‘tgan yili bu ishni uddalay olmagan manchesterliklar o‘tish o‘yinida “Peal”ga to‘qnash kelib, musobaqani erta tark etishga majbur bo‘lgandi.
Gvardiola shogirdlari bu yilgi musobaqaning 6-turida yana “Real” bilan kuch sinashadi. Bitta o‘yindan iborat to‘qnashuv Evropa vaqti bilan 10 dekabr kuni bo‘ladi.
“Manchester Siti”ning dunyo bo‘ylab yoyilgan fanatlari bosh murabbiy Xosep Gvardioladan Santyago Bernabeu” mezbonlik qiladigan uchrashuvda o‘ng qanotda Abduqodir Husanovni o‘ynatishni so‘rayapti. Gap shundaki, o‘tgan mavsumda “Real” maydoniga o‘zaro bahsda o‘zbek futbolchisi raqibning eng xavfli hujumchilaridan Vinisius Juniorga umuman o‘yin bermagan edi.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga “Manchester Siti” fanatlarining klub rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida bo‘lajak o‘yin va Abduqodir Husanov haqida bildirayotgan fikr-mulohazalarini havola etadi.
Phâã Qwërçīyzx:
Gvardiola Husanovni o‘ng qanot himoyasida o‘ynat!
Lokoli Jnr:
Pep, iltimos, “Real”ga qarshi o‘yinni Abduqodir Husanov bilan boshlashingiz kerak.
Hon Abraham Lengwe:
“Real”ni nima qilib bo‘lsa ham, yutishimiz shart.
Woosman Ceide (“Real” muxlisi):
“Manchester Siti”, iltimos, bizga Xabi Alonsoni iste’foga chiqarishga yordam beringlar. Bo‘lajak o‘yinda bizlarni yanchi tashlang. O‘tib so‘raymiz.
KY Marto:
Husanov himoyada o‘yinni boshlashi kerak.
Nasruddeen Yahya Abbie:
“Selta” boshlagan ishni davom ettirib qo‘yaylik.
Ik Parry:
Abduqodir o‘ynasin.
Manuel Chared (“Real” muxlisi):
Manchesterliklar kelib, Xabi Alonsoning “dumini tuginglar”.
Shamsu Abdullahï Musa:
“Manchester Siti”, iltimos, o‘ng qanot himoyasida Abduqodir Husanovni o‘ynatinglar.
Out Oorh Sharp:
Husanov o‘zini ko‘rsatadigan ayni payt shu o‘yin.
Kevin Blxck:
Shaxsan o‘zim, Husanov Madridda boshlang‘ich tarkibda bo‘lishi kerak, deb hisoblayman.
Lutho Marshall:
Husanovni Madridda kutyapmiz!
“Real”, Husanovni kutib ol!
O‘zbekiston qatnashadigan “JCh-2026”da yangicha qoida amal qiladi
Husanovga yo‘q joydan imkoniyat paydo bo‘ldi
O‘zbekiston mundialda qattiq jang qiladi, lekin..
Shomurodovning sensatsion seriyasi to‘xtadi, raqobatchilar jim...
Husanov “JCh-2026”ni boshlamay turib rekord o‘rnatdi!
O‘zbekiston ulkan hurmatga loyiq! Portugaliya ustozi Martines yana nimalar dedi?
Shomurodov va Fayzullaev murabbiy iste’fosiga “sababchi” bo‘ldi
Bu xatodan keyin Gvardiola Husanovni asosiy tarkibga qaytarishi shart



Fikrlar