Husanovga yaxshi yangiliklar...

  • 14 mart, 11:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” tarkibida qisqa fursatda jahon darajasidagi yulduzga aylanib bormoqda.

Tecno

Angliya futbolini yoritayotgan footballfancast.com portali 21 yoshli o‘zbek futbolchisining jahonning eng murakkab ligasidagi kelajagi qanday bo‘lishini tahlil qildi.  

- Xosep Gvardiola mavsumning birinchi yarmida bir necha oy davom etgan inqirozdan keyin tarkibga yangi ijrochilar qo‘shish orqali chempionatning ikkinchi qismida jamoani jonlantirish davr talabi ekanini tushunib etdi.

Ayniqsa, Manuel Akanji va Jon Stounz kabi o‘yinchilarning jarohatlarga moyilligi yangilanish va o‘zgarishlarni himoya chizig‘idan boshlashni taqozo etardi. Yanvarda olib kelingan 18 yoshli Vitor Reys kelajakda muhim o‘yinchi bo‘lib etishishiga shubha yo‘q.

Ayni paytda esa, “Siti”ning orqa chiziqdagi muammolarini jamoaga osonlikcha kirishib ketgan Abduqodir Husanov hal etyapti.

21 yoshli Abduqodir Angliya Premer-ligasida o‘ynayotgan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylanganidan faxrlansa arziydi. Bu o‘yinchi uchun “shaharliklar” Frantsiyaning “Lans” klubiga 33,5 million funt to‘ladi.

Manchesterga kelganidan beri o‘zbek legioneri bosh murabbiy Xosep Gvardiola uchun eng muhim transferlardan biri bo‘ldi. “Manchester Siti” bu o‘yinchini olgunicha, u Liga 1 jamoasi uchun jami 31 ta o‘yinda maydonga tushgan edi.

Ana shu bahslarda u o‘z  sifatini ko‘rsatib qo‘ygandi. Xususan, Frantsiya chempionati yuqori divizionining birinchi yarmida yosh himoyachi 90 daqiqa ichida to‘pni egallab olish bo‘yicha 2,4 ko‘rsatkich bilan reytingda birinchi, yuqoridan kelayotgan to‘plar uchun kurashda 2,49 natija bilan 17-o‘rinda qayd etilgan.

“Manchester Siti” o‘yinchisiga aylanganidan beri Abduqodir hozircha himoya markazini mustahkam ushlab turibdi, bundan tashqari Angliya kubogi doirasida “Leyton Orient” darvozasini ishg‘ol qildi, - deb yozmoqda footballfancast.com portali eksperti Ross Kilvingdon.

Jurnalist Aleks Barker Abduqodir Husanovning o‘yinini tahlil qilib, 21 yoshli o‘yinchining  jismoniy kuch-quvvati hammani dahshatga solayotganini, o‘zbek futbolchisi Angliyada o‘z iste’dodini har tomonlama namoyish etib bo‘lganini alohida ta’kidladi. Buni statistika ham ko‘rsatib turibdi.

Abduqodirning Premer-ligadagi beshta uchrashuvda uzatgan to‘plari aniqligi 92 foizni, “ikkinchi qavat”dagi kurashlardagi g‘alabalari ulushi 57 foizni tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha Abduqodir “Arsenal” etakchi himoyachisi Vilyam Saliba (to‘p uzatish aniqligi 94, havodagi yakkakurashlarda g‘olib chiqish ulushi 61 foiz) hamda “Liverpul” yulduzi Virjil van Deyk (to‘p uzatish aniqligi 92, havodagi yakkakurashlarda g‘olib chiqish ulushi 71 foiz) bilan tenglashib qoldi.

Ekspertlar Abduqodir Husanov Angliyadagi hayoti va faoliyatini juda to‘g‘ri boshladi, jamoa Premer-ligada bu chempionatda g‘oliblik uchun kurashmas ekan, jamoaga yanada chuqurroq moslashib olishi lozimligini aytmoqda.

Ularning ta’kidlashicha, Husanovni kelasi mavsumda buyuk ishlar kutmoqda va 21 yoshli legioner ishga hozirgidek yondashuvi tufayli tez orada jahon futbolidagi eng zo‘r himoyachilardan biriga aylanadi.

“Roma” qutqara olmagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Shomurodov mag‘lubiyatga sababchi bo‘lgan Xummels haqida nimalar dedi?

Fayzullaev: Ortga qaytyapman!
Eldorning rafiqasi kim? Evropada Shomurodovning oilasiga qiziqa boshlashdi!
TsSKA ustozi va “Dinamo” murabbiyi Fayzullaevning o‘yinini qanday baholadi?

Shomurodov Raneridan muhim xabar kutyapti!

Shomurodov aybini yuvishga tayyor!

Gvardiola Husanovdan nimalar kutyapti?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!