Husanovdan quruq qolgan “Real” endi 100 million evroga himoyachi oladi!

  • 20 yanvar, 17:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” mutasaddilari yozgi transferlar vaqtida tarkibda jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Ayniqsa, joriy mavsumda himoya chizig‘ida ko‘plab muammolar kuzatilgani bois, klub mudofaa chizig‘ini tubdan yangilashga qaror qilgan.

Tecno

Aslida madridliklar O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovni ham kuzatib kelayotgan edi. “Qirollik klubi” o‘zbek futbolchisini mavsum oxirida o‘z safiga qo‘shib olishni reja qilgandi.

Biroq, Xosep Gvardiola ham himoyachilar masalasida muammoga duch kelgani bois, “Manchester Siti” transfer ishlarini tezlashtirib yubordi va Husanov uchun kurashdagi raqobatchilarini ortda qoldirish maqsadida 50 million evro bilan masalani uzil-kesil hal qilib qo‘ya qoldi.

Endi “Real” himoya markaziga etakchilik qiladigan boshqa futbolchini oladigan bo‘lyapti. Madridliklar nishonida “Arsenal” markaziy himoyachisi Vilyam Saliba nomzodi paydo bo‘ldi.

Salibaning jismonan baquvvatligi, himoyaviy o‘yindagi ustunligi, himoya chizig‘ini boshqara olish qobiliyati “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peresga ma’qul kelgani aytilmoqda. Hujum chizig‘ini ideal ko‘rinishga keltirgan klub xo‘jayini endi himoyani mustahkamlash uchun xarajat qilishga tayyorligi aytilmoqda.

Ayni paytda “Real” tarkibila bo‘lgan Eder Militao va David Alaba kabi tajribali himoyachilar keyingi mavsumlarda jarohatlarga moyil bo‘lib qoldi. Hozircha Antonio Ryudiger himoya markazini imkon qadar mustahkam ushlab turibdi. Lekig chempion jamoa himoya chizig‘ini yoshartirish rejasini amalga oshiradigan bo‘lyapti.

23 yoshli Vilyam Salibaning yoshligi, tezkorligi va yakkama-yakka kurashlarda g‘olib chiqish qobiliyati madridliklarga juda ma’qul kelyapti. Uning “kanonirlar” bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi.

Transfer bo‘yicha ekspertlar Salibani 100 million evro atrofida baholamoqda. “Arsenal” o‘z etakchisini osonlikcha qo‘yib yubormaydi. “Real” esa, nafaqat “kanonirlar”ni balki, frantsiyalik himoyachini ham transferga ko‘ndirishi kerak bo‘ladi.

Husanov qanday qilib zo‘r himoyachiga aylangan?

Angliyani zabt etishga belbog‘lagan Husanov haqida 17 ta noyob fakt!

Janob, Husanovdan zo‘r futbolchi tayyorlab bering!

Shomurodovning sobiq jamoasiga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!