Husanov "Real"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkinmi?

  • 10 dekabr, 17:48
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqin soatlar ichida "Manchester Siti" Chempionlar ligasi doirasida "Real"ga qarshi o‘ynaydi. Ushbu uchrashuv uchun "City Xtra" o‘zining taxminiy tarkibini tuzib chiqdi. 

Tecno

"Manchester Siti" shanba kuni "Sanderlend"ni mag‘lub qilib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. "Real" esa La Liga doirasida "Selta"ga mag‘lub bo‘ldi. "Qaymoqranglilar" uchun Angliya klubiga qarshi o‘yin muhim hisoblanadi. Ayniqsa, Xabi Alonsoning kelajagiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan o‘yinlardan biri bo‘lishi mumkin. 

Real Madrid CF v RC Celta de Vigo - LaLiga EA Sports

Darvozada katta ehtimol bilan Janlujji Donnaruma turishi kutilmoqda. Yozda "shaharliklar" tarkibiga kelib qo‘shilgan italyan Xosep Gvardiola uchun birinchi raqamli posbonga aylanib ulgurdi. 

"City Xtra"ning yozishicha, o‘ng qanot himoyada bugun so‘nggi uchrashuvlarda maydonga tushayotgan Mateush Nunesh harakat qiladi. Garchi Abduqodir Husanovning tezligi va agressiyasi bo‘lsa-da, portugaliyalik maydonda ko‘proq harakat qilayotgani va sport formasi yaxshiroq bo‘lganligi sababli u asosiy tarkibda tushishi ehtimolligi katta. 

Fulham v Manchester City - Premier League

Markaziy himoya uchun Ruben Diash va Yoshko Gvardiol varianti ko‘rilmoqda. Shuningdek, chap qanotda Niko O‘rayli harakat qilishi kutilyapti. 

Yarim himoya markazida Bernardu Silva va Niko Gonsales birgalikda harakat qilishi tahmin qilinyapti. So‘nggi o‘yinlardagi harakatlaridan kelib chiqib, ajoyib mavsum o‘tkazayotgan Fil Fodenning asosiy tarkibdagi joyi naqd bo‘lgan. 

O‘ng qanot vingeri sifatida bugun "Real" futbolchilariga etarlicha muammo tug‘dira olishi kutilayotgan Rayan Sherki harakat qiladi. Chap qanotda esa tezkorligi va driblinglari bilan bu mavsum ko‘pchilikni hayratga solayotgan Jeremi Doku o‘ynaydi va markaziy hujumchi sifatida Erling Xoland maydonga tushadi. 

Manchester City v Sunderland - Premier League - Etihad Stadium

Taxminiy tarkib: Donnaruma, Nunesh, Diash, Gvardiol, O‘rayli, Silva, Gonsales, Foden, Doku, Sherki va Xoland. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!