
Husanov ishtirokidagi o‘yinlarni Sport TV telekanalda tomosha qilamiz
O‘zMTRK tarkibidagi Sport TV telekanali Angliya kubogining teletranslyatsiya huquqini sotib oldi.
Bilasiz, Abduqodir Husanov to‘p tepayotgan "Manchester Siti" klubi ayni vaqtda mazkur turnirdagi yurishini davom ettirmoqda.
"Shaharliklar" ushbu turnirning chorak finalida "Bornmut" bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuv 29 aprel sanasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Agar Gvardiola shogirdlari ushbu turnirning finaliga qadar etib borsa, biz hamyurtimiz ishtirokidagi bir necha o‘yinlarni televizor orqali tomosha qilish imkoniyatga ega bo‘lamiz.
Fikrlar