Husanov endi qancha turadi? “Siti” o‘yinchilari narxlari “ostin-ustun” bo‘lib ketdi

  • 18 oktabr, 00:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlarga ixtisoslashgan nufuzli manba – transfermarkt.world portali futbol olamidagi eng murakkab turnir – Angliya Premer-ligasi klublari va chempionatda ishtirok etib kelayotgan futbolchilarning transfer narxlarini yangiladi.

Tecno

Sports.uz portali yangilangan reyting bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi. Hamyurtlarimiz muxlislik qilayotgan asosiy jamoa “Manchester Siti” o‘yinchilari narxlarida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi.

Demak qiziqarli faktlar bilan tanishing:

APLda o‘sish katta!

Angliya Premer-ligasida to‘p tepayotgan futbolchilar transfer narxi umumiy hisobda 756,25 million evroga o‘sib, bugungi kunda 12,78 milliard evroni tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkichlar asosida Premer-liga jahon futbolidagi eng qimmat liga bo‘lib turibdi.

Ligada Xolandga etadigani yo‘q

Husanovning norvegiyalik do‘sti va jamoadoshi Erling Xoland Angliya Premer-ligasidagi eng qimmatbaho o‘yinchi hisoblanadi. Tinimsiz gol urayotgan 25 yoshli hujumchining narxi 200 million evroga etgan.

Uning eng yaqin ta’qibchilari – “Arsenal” hujumchisi Bukayo Saka, “Liverpul” va Premer-tarixidagi eng qimmat  transfer sohibi Aleksandr Isaak portal ekspertlari tomonidan 140 million evroga baholangan.

Husanovda nima gap?

Yangi reytingga ko‘ra, “Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik legioneri Abduqodir Husanovning transfer summasi o‘zgarishsiz qoldi. Avvaldan 35 million evroga baholanib kelgan hamyurtimizning narx ko‘rsatkichi barqaror turibdi.

Shunga qaramay, 21 yoshli himoyachimiz nafaqat O‘zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyoning eng qimmat o‘yinchisi bo‘lib turibdi. Bu mintaqa tarixida hali hech qaysi charm to‘p ustasi bu qadar yuqori transfer narxiga ega bo‘lmagan.

Umumiy reytingda Abduqodir Husanov 45-o‘rinda qayd etilgan.

MDHda hozir Husanovga etadigani yo‘q

Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasida o‘ynayotgan MDHdan chiqqan o‘yinchilar orasida eng qimmatbaho futbolchi nomini saqlab turibdi. Yuqorida keltirilganidek 21 yoshli legionerimizning transfer summasi 35 million evroga teng.

MDH vakillari orasida ikkinchi o‘rinda qayd etilgan “Liverpul”ning gruziyalik darvozaboni Giorgiy Mamardashvili narxi ikki million evroga pasayib, o‘zbek futbolchisidan etti million evroga arzonroq baholandi.

Ukrainaning uch futbolchisi – Vitaliy Mikolenko (“Everton”) 25 million evro, Egor Yarmolyuk (“Brentford”) 20 million evro va Aleksandr Zinchenko (“Nottingem Forest”) 18 million evro turadi.

 “Siti” yulduzlari xira tortib qoldi

Angliya Premer-ligasida  narxi keskin pasaygan o‘yinchilar  “Manchester Siti” vakillari bo‘lib chiqdi. Ikki yil muqaddam chempionatning eng zo‘r futbolchisi bo‘lgan Fil Foden va o‘tgan yili “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan Rodri 20 million evroga arzonlab ketdi. Angliyalik hujumkor futbolchi hozir 80 million evroga baholanayotgan bo‘lsa, ispaniyalik yarim himoyachi undan 10 million evroga qimmat turadi.

Mbappe Shomurodovning o‘yinlarini kuzatyaptimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!