Husanov bizga kerak edi! Grand klub himoyachi uchun kurashda yutqazganidan afsusda

  • 27 fevral, 20:16
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" yangi himoyachi sotib olish va tarkibni yoshartirish rejasini tuzgan, bu haqda ularning boshqaruv ofisi bir necha bor ma’lum qilgan edi. Biroq, Fabritsio Romanoning xabar berishicha, ularning maqsadlaridan biri allaqachon barbod bo‘lgan. Sababi, "Manchester Siti" yanvar oyida Abduqodir Husanovni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Tecno

"Neradzurrilar" himoyachini yozgi transferlar oynasida sotib olishni rejalashtirayotgan edi, biroq, "shaharliklar" boshqa har qanday jamoa, jumladan "Real Madrid"dan ham tezroq harakat qildi. Ular "Lans"ni mavsum o‘rtasida futbolchini qo‘yib yuborishga ko‘ndirish uchun 40 million evro to‘ladi. 

"Inter" Husanovni Stefan De Vrey yoki Franchesko Acherbiga o‘rinbosar sifatida kuzatayotgan edi. Klub tajribali himoyachilardan birining o‘rniga yangi himoyachi olib kelishni rejalashtirmoqda. Jarohatlar bilan to‘la mavsum tufayli Acherbi ehtimoliy nomzod bo‘lib turgan edi. Biroq, u so‘nggi bahslarda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda.

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov Angliyaga ko‘chib o‘tganidan beri olti marotaba maydonga tushdi va bitta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мамадияров Махмуд
28/02/2025 13:38
Интер ҳам ёмон вариант эмас эди, лекин АПЛ савияси хозирда энг зўри.