Humoyun Sultonov ikki soatdan so‘ng kortga chiqadi

CHERY AUTO
Namangan shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida sovrin jamg‘armasi 25,000 AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada bugun chorak final bahslari bo‘lib o‘tadi.
 
Unda hamyurtimiz Humoyun Sultonov rossiyalik Konstantin Kravchukka qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv bugun Toshkent vaqti bian 12:00da boshlanadi.
 
Eslatib o‘tamiz, Humoyun kecha ikkinchi davrada rossiyalik Matvey Mininga qarshi kortga chiqib, 6:1, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!