"Humo" ustozi alamli mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

  • 10 yanvar, 2020, 17:25
  • 1
  • Xokkey
CHERY AUTO

"Bunday uchrashuvdan so‘ng gapirish oson emas. Xokkeychilarim beshta bellashuvda g‘alaba qozonishdi. Bunga qadar ular och ko‘ppak kabi edilar, hozir esa to‘q mushukka aylanishdi. Ammo bu biz uchun yaxshi dars bo‘ldi. 

Tecno

Bundan ikki-uch kun oldin Rossiya yoshlar terma jamoasining finaldagi mag‘lubiyati borasida material tayyorlagan edim. O‘shanda ham 3:1 hisobida g‘alaba qozonib turgan jamoa yakunda engilgan edi. Tanaffusda yigitlarni bu haqda ogohlantirgan edim.

Uchrashuv so‘nggida chetlatish umuman kerak emas. Yana buni tajribali xokkeychi amalga oshirsa. G‘alabani oldin nishonlab yuborishdi. Bu esa jamoa darajasini belgilab beradi. Bunday qilishga haqqimiz yo‘q. Oxirigacha o‘ynash lozim. 

Kiyim almashtirish xonasida finalni unutmasliklarini aytgan edim. Biz birovlarning xatosidan emas, o‘zimizning xatomizdan xulosa chiqaramiz. O‘ylaymanki, bu bizga katta dars bo‘ldi", - dedi rossiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Navbahor chempion inshaalloh
10/01/2020 17:34
Juda alamli uchrashuv boʻldi