
"Humo" finalga chiqdi
Ayni paytda butun dunyoda sport musobaqalari deyarli to‘xtatilgan. Shu jumladan, Oliy xokkey ligasining pley-off bahslari ham onlayn formatda, OXLning "Instagram", "VKontakte", "Odnoklassniki" va "Twitter" ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali muxlislar ovoz berishi yo‘li bilan yakuniga etkazilishi va tashkilot turnirni shu tizimda yakunlashi haqida ma’lum qilgan edik.
Kecha onlayn musobaqaning yarim final bahslari yakunlandi. Toshkentning "Humo" jamoasi seriyada Sankt-Peterburgning "Dinamo" klubi ustidan 4:2 hisobida zafar quchib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
"Qanotlilar"ning hal qiluvchi o‘yindagi raqibi Tyumenning "Rubin" klubi bo‘ladi.
Fikrlar