Here we go! "Milan" Felishni o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 3 fevral, 20:25
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" futbolchisi Joau Felish yaqin soatlarda "Milan" futbolchisiga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Tecno

Portugaliyalik futbolchi mavsum yakunigacha ijara asosida to‘p tepadi. Hech qanday sotib olish shartisiz. Xabarlarga ko‘ra, tomonlar allaqachon akelishuvga erishishgan.

Felish o‘tgan yoz "Chelsi"ga qaytgan va 2030 yilgacha klub bilan shartnoma imzolagan edi. Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 20 o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nufuzli "Transfermarkt" portaliga ko‘ra, Felishning transfer qiymati 30 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!