
Here we go! "Lans" darvozaboni Frantsiyaning boshqa klubiga o‘tmoqda
"Lans" sharafini 202 yildan beri himoya qilib kelayotgan Bris Samba faoliyatini Frantsiyaning boshqa bir klubi "Renn"da davom ettirishga qaror qildi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, tomonlar kelishuvga erishdi. 30 yoshli posbon tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Ushbu transferdan lansliklar 15 milllion evro ishlab oladi.
Samba 2022 yili "Nottingem Forest"dan "Lans" safiga kelib qo‘shilgandi. U jamoaning asosiy darvozaboniga aylandi va klub tarkibida 96 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar