
Hech kim etolmaydi! Ronaldu jahon rekordini yana yangiladi
UEFA Millatlar ligasi yarim final uchrashuvida Portugaliya terma jamoasi safar uchrashuvida Germaniya futbolchilari ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi.
Mehmonlarga g‘alaba kelitrgan golni 68-daqiqada Krishtianu Ronaldu kiritdi.
Bu gol yangi rekord bo‘ldi. Ronaldu xalqaro miqyosda urgan gollari sonini 137 taga etkazib oldi. Yaqin o‘rtada bu ko‘rsatkichni hech kim takrorlay olmaydi.
Chunki terma jamoa uchun gol urish bo‘yicha Ronalduning eng yaqin ta’qibchisi Lionel Messi hisobida 112 ta nishonga aniq borgan zarba bor.
40 yoshli Ronaldu professional faoliyatidagi barcha gollari sonini 937 taga etkazib oldi. Bu ko‘rsatkich ham mutlaq rekord hisoblanadi.
Krishtianu Ronaldu barcha gollaridan 800 tasini klublar miqyosida, ya’ni “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real”, “Yuventus” va “An-Nasr”da kiritgan.
Fikrlar