
Hasanboy Do‘smatov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub qilib, yarim finalga chiqdi
Boks bo‘yicha "Rio-2016" yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov (-51 kg) ham Parij-2024 dagi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirgan holda yarim finalga yo‘l oldi. Hamyurtimiz chorak finalda o‘zining azaliy raqiblaridan biri qozog‘istonlik Saken Bibossinovni mag‘lubiyatga uchratib, o‘zining Olimpiadalardagi ikkinchi medalini kafolatladi.
Fikrlar
Nega jonli efirda bermadiylar!