
Hammasiga ular aybdor
“Manchester Yunayted” sardori Harri Maguayr o‘yinining pasayishiga jamoadagi muhit va Erik ten Xag boshchiligidagi murabbiylar shtabini aybdor qilmoqda.
29 yoshli futbolchi Angliya premer-ligasila doirasida 13 avgust kuni “Brendford”ga 0:4 hisobida boy berilgan uchrashuvdan keyin asosiy tarkibdan chiqarilgan edi. O‘shandan keyin tajribali himoyachi atigi o‘n daqiqa o‘ynadi.
Erik ten Xag himoyachining iltimosiga qaramay, Evropa Ligasi doirasida “Sherif”ga qarshi o‘yinning ilk daqiqasidan maydonga tushirmadi.
Harri Maguayr klubdagi vaziyatni o‘zgartirmasa, Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatidan quruq qolishini yaxshi biladi.
Himoyachi o‘z jamoadoshlari – ayniqsa, darvozabon David de Xeadan qattiq xafa bo‘lyapti. Ispaniyalik darvozabonning sardor bilan munosabati yaxshi emas va u himoyalanishda Maguayrga yordam bermayapti.
Ayniqs, jamoaga argentinalik himoyachi Lisandro Martines kelgandan keyin David de Xea unga ispancha gapira boshladi. Yana bir himoyachi Rafael Varan ham “Real”da uzoq vaqt o‘ynagani bois, Maguayrdan farqli ravishda ispanchani yaxshi biladi.
Fikrlar