Hammasi jiddiy. O‘zil APL qaydnomasidan ham o‘chirildi

  • 20 oktabr, 2020, 20:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" ustozi Mikel Artetaning rejalariga gretsiyalik himoyachi Sokratis Papastatopulos va germaniyalik xavbek Mesut O‘zil kirmaydi.

Tecno

Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, yuqorida nomlari tilga olingan futbolchilar Angliya premer-ligasi qaydnomasidan ham o‘chirilgan. Arteta bundan avvalroq, Papastatopulos va O‘zilni Evropa ligasi ro‘yxatiga ham kiritmagan edi. Qayd etish lozimki, Mesut “kanonirlar” safida eng ko‘p maosh oladi. Uning yillik maoshi 20 mln evroni tashkil etadi.

32 yoshli O‘zil 2013 yildan, 32 yoshli Papastatopulos esa, 2018 yildan buyon “Arsenal” futbolchisi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!