Hamma “Paxtakor”ni tanqid qilmoqda. Ayb kimda: futbolchilardami yoki murabbiyda?

  • 10 aprel, 2022, 17:03
  • Bekzod Isayev
  • 11
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Al-Ta’vun" - "Paxtakor" bahsi o‘tkaziladi. Uchrashuv tunda 11 aprelga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:15ga belgilangan. Bellashuvga "Qirol Abdulloh Sport Citi" stadioni menbonlik qiladi.

Tecno

“Sherlar” ilk turda Eronning “Sepaxon” klubi bilan to‘qnashdi va 3:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng ko‘pchilik jamoani tanqid qildi. Murabbiy ham, futbolchilar ham qolmadi. Lekin hali salbiy fikr bildirishga biroz erta, nazarimizda. Chunki OChLning endigina bitta turi o‘tkazildi xolos. Agarda toshkentliklar guruh bosqichidan chiqa olmasligi aniq bo‘lganda shunday gaplarni aytsak yarashadi. Biroq hozirdan shoshilmaslik darkor.

Jamoa nega mag‘lubiyatga uchradi? Buni hamma har xil talqin qilmoqda. Kimlardir murabbiyni ayblasa, boshqalar futbolchilarni.

"Paxtakor"ning bugungi raqibi yutsa bo‘ladigan jamoa yoxud Saudiya klubi haqida nimalar ma’lum?

IMG_1477

“Paxtakor” ikki xil taym o‘tkazdi. Dastlabki 45 daqiqalikda Slavche shogirdlari yaxshi o‘yin namoyish etdi. Bitta gol urdi va yana bir nechta vaziyatlar ko‘kka sovurildi. Ikkinchi bo‘limda ana shu qo‘ldan boy berilgan imkoniyatlar jamoa zarariga ishladi. Futbolda shunday: sen urmasang, sengga urishadi. Eronliklar 3 bor toshkenliklar darvozasini ishg‘ol qilib, iroda namoyish etdi. Raqib murabbiyi ham o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Vakillarimizning nozik tomonidan foydalandi. Buni o‘yindan keyingi matbuot anjumanida “Sepaxon” murabbiyi aytib o‘tdi: “raqibni o‘rganish chog‘ida jarima zarbalari, standart vaziyatlarda xatolarga yo‘l qo‘yishini, bundan foydalanishimiz mumkinligini sezgandim”.

Ko‘pchilik Slavche Voyneskidan ham mana shunday yurishni kutdi. Biroq bu juda mushkul edi. Shota Arveladze yaratgan uslubdan futbolchilarning chiqib ketib, boshqacha harakat qilishi qiyin bo‘lmoqda. Gruziyalik mutaxassis ham uch yarim yilda “Paxtakor”ni yuqori darajaga olib chiqdi. Xatto uning ishini yordamchisi Piter Xyuistra davom ettirib, nimalarnidir o‘zgartirishga urindi. Biroq uddalay olmadi. Arveladze davridagi sharoitlar juda ham zo‘r edi. Qolaversa, Shota ham natijaga erishgunga qadar tanqid ostida qolgan. Oxirgi mavsumida u o‘zi targ‘ib qilgan o‘yin uslubining eng yuqorisini ko‘rsatdi. Tarkibni gapirmasa ham bo‘ladi.

4, 5, 16 - "Paxtakor"ning bugungi o‘yinidan oldingi raqamlar. Bu nimani anglatadi?

photo_2022-02-27_17-23-28

Bir paytlar Xosep Gvardioladan keyin “Barselona” boshqaruviga kelgan murabbiylar ko‘ngildagidek ishlay olmagan. Chunki Gvardiolaning uslubi futbolchilarning qon-qoniga singib ketgandi. Bundan qutilish oson emasdi.

Endi o‘zingiz o‘ylang, Slavche Voyneski umuman boshqa dunyo vakili. Uning uslubi boshqa. Buni ko‘rsatishi uchun vaqt kerak.

“Paxtakor” tarkibda o‘zgarishlar qildi. Ayniqsa, himoyada. Lekin jamoaning o‘yin uslubini belgilaydiganlar asosan yarim himoyachilar. Bu pozitsiyadagilar esa Arveladze yig‘ib ketgan futbolchilar sanaladi. Ular yangi murabbiyni, yangi murabbiy futbolchilarni o‘rganib, o‘rgantguncha vaqt talab etiladi.

Hozirning o‘zida mutaxassisning ishidan qoniqish hosil qilmay uni almashtirilsa, foyda keltirishini biror kim aniq ayta olmaydi. Boz ustiga kechuvda otlar almashtirilmaydi, degan naql bejiz emas.

"Paxtakor" Osiyo Chempionlar Ligasida 110-o‘yinini o‘tkazadi

photo_2022-02-27_17-22-37

Slavche Voyneski uchun qiyin sinovlar boshlandi. “Paxtakor”ning asosiy kuchi OChLda bilinadi. Bunda tabiiyki Slavche va Shota solishirilaveradi. Lekin davrlar orasida farq, ya’ni sharoitlarda farq katta edi. Shuning uchun buni to‘g‘ri qabul qilish kerak. Mag‘lubiyatda kamchiliklar aytib, tanqid qilinadi. Biroq birgina imkoniyat boy berilsa murabbiyni ko‘mib yubormaylik. Chunki bu - OChL. Agar Superliga bahslari bo‘lganda mayli edi. Xalqaro miqyosda “Paxtakor” yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Jamoaning g‘alabalari hali oldinda ekanligiga ishonib, omad tilaylik. Chunki “Paxtakor” va “Nasaf” qancha ko‘p zafar quchsa va uzoqroqqa borsa, keyingi yillarda kvotalarimiz yanada yaxshilanishiga olib keladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жабборов Ахмаджон
10/04/2022 17:15
Айб судяларда
Азат Каримов
10/04/2022 22:38
Айбни судядан тренердан об хаводан кидиришни керакги йук .100% ФУТБОЛ чиларда
&
biloljon
10/04/2022 19:31
Hamma ayb oʻyinda ikkita yoʻq joydan qizil olib beradigan sudya olib ketmaganida
. мансур
10/04/2022 17:51
Ҳар қандай ҳолатда ҳам биз сен билан “Пахтакор” - олға!
7777777 Фархад
10/04/2022 17:47
Чет элда Пахтакорчиларга судялар ен босмаябди. 11 метрлик белгиламаябди.Айбдор судялар яьни хакамлар.
Alisher Kamalov
10/04/2022 17:32
АЛ ТААВУН - ПАХТАКОР. 4:0
Alisher Kamalov
10/04/2022 17:32
Пахтакор - УЗБЕК ФУТБОЛИ ИСНОДИ
Alisher Kamalov
10/04/2022 17:30
Айб УФА да етади Пойтахт жамоасини ютугини таминлаб беравериш. Бугун зам курасиз Ал-Таавун жавобсиз 4 та гол уради Пахтакор дарвозасига чунки Пахтакор урганиб колган УФА ердамида ички чемпионатни ютавериш. Булдида жнди Пахтакор Пахтакор килавериш Узбек футболини исноди булиб колдику бу жамоа.
Кахрамонжон Сафаров
10/04/2022 17:28
Айб Сохтакорни пул билан сийлаб Узбек халкини кемириб юрган крахабор узича мутахассисларда , шунинг учун эскилар айтган галвирни кутарганда хаммаси маълум булади деб , сохтакор уйинчиларини оёклари хрустальный булса айб кимда булади
&
eso
10/04/2022 17:19
Ayb tomoshabinlarda
Жабборов Ахмаджон
10/04/2022 17:18
Яҳши мурабий бўлганида мағлуб бўлиб туриб 87дақиқада ўйинчи алмаштирмасиди