Hamidjon Akatmov: To‘rt oydan buyon maosh olmayapmiz, futbolchilar qachongacha rahmat uchun o‘ynashadi?

  • 22 sentabr, 2019, 23:14
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 20-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Qizilqum» (2:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.

Tecno

«Bunyodkor» jamoasini bugun g‘alaba bilan tabriklayman! Yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Hisobda ortda qolayotgan bo‘lsak-da, g‘alaba qozonish uchun harakat qildik, ammo omad kelmadi. Umumiy ma’noda, hisob o‘yinga mos.

Jamoada moliyaviy muammolar bor. Shu vaqtgacha indamagandim, mana to‘rtinchi oyga qarab ketyapti, futbolchilar maosh olgani yo‘q. Qachongacha rahmat uchun o‘ynaydi? Ularni ham oilasi bor, ishlayaptimi, maoshini olishlari kerak. Yil boshida homiy bo‘lishi kerak bo‘lgan tashkilotlar, bugun homiylik qila olmasligini aytib xat beryapti. Dardim ichimda, nima deyishga hayronman. Jamoada ichki muhit yaxshi, shunchaki, yigitlarni ruhlantira olmayapman", - deb Aktamovning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Bunyodkor" rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
23/09/2019 13:43
Кимга керак бундай команда Рахмат сизларга шунча чидабсиз
&
BBS UZB
23/09/2019 11:41
Bunday qiyinchilik bilan futbol o'ynaguncha yaxshisi o'zlaringga boshqa ish topinglar. Bizda futbolni boyvachchalar o'ynayversin. JCHga chiqish? Televizorga chiqsa yetadi
&
Chelsea_buxara
23/09/2019 10:21
Doston Buxorodan ketib nima foyda topdi
&
Фан
23/09/2019 09:46
Бечора Актамов ва футболчилар жуда огир танг ахволда колишибдику.
Бир кунлик машгулотдан(орада) воз кечиб мадикор бозорига чикиб туринглар, муаммонинг энг осон ечими шу,зора кузларинг мошдек очилиб кетса.
&
Surxon turon
23/09/2019 09:10
Вой бечоралар кимга керак бунақа фудбол тарқатиб юбориш керак
Алишер Салох
23/09/2019 00:00
Фойдаси йук гапирганни