
Hamidjon Aktamov: "Gollarda o‘zimizning aybimiz bor"
“Qizilqum” - “Qo‘qon-1912” (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida navoiyliklar ustozi Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.
- Nima ham derdim, bugun g‘alaba uchun harakat qildik. Birinchi bo‘limda jamoamizda juda ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi, ammo oxiriga kelganda vaziyatni yakunlovchi futbolchi topilmadi.
O‘tkazib yuborgan gollarda ham o‘zimizning aybimiz bor edi. Ustiga-ustak birinchi gol rikoshet orqali bo‘ldi. Ikkinchi golda ham himoyachilarda tushunmovchilik sodir bo‘ldi. Bu futbol, shunday vaziyatlar bo‘lib turadi.
"Qo‘qon-1912" jamoasiga ham keyingi o‘yinlarda omad tilab qolaman. Kamchiliklar borasida esa keyingi o‘yinlarda ijobiy natija ko‘rsatamiz, deb umid qilaman. Muxlislardan uzr suraymiz...
- Bugungi uchrashuvda Islom Kenjaboevning o‘yini haqida fikringiz?
- Hozircha bir nima deyish qiyin, o‘yinni qaytadan ko‘rib chiqamiz va o‘shandagina xulosa qilish mumkin bo‘ladi.
"Qizilqum" klubi matbuot xizmati.
Fikrlar