
Hakim Fuzaylov: "Yaratgan vaziyatlarimiz 3 ta o‘yinga etarli edi"
Bugun pro liganing 8-turida “Buxoro” klubi “G‘ijduvon” bilan kuch sinashdi va unda 1:1 hisobida qayd etildi. Bellashuvdan keyin buxoroliklar ustozi Hakim Fuzaylov shunday dedi:
- O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, biz ushbu o‘yinda etakchi sifatida, mehmonlar esa autsayder maqomida maydonga tushishgandi. Haqiqiy buxorocha derbi desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Raqib o‘yin boshida gol urib olgach, qolgan vaqtni maydonda yotib olish bilan o‘tkazdi. Shunga qaramay, juda ko‘p vaziyatlar yaratdik. Afsuski, to‘p darvozaga kirishni xohlamadi. Menimcha, yaratgan vaziyatlarimiz 3 ta o‘yinga etarli edi. Shunaqa o‘yinlar ham bo‘lib turadi.
Afsus, nimalar bo‘lganini qaytadan ko‘rib chiqib, xatolarimizni ko‘zdan kechiramiz. Superliga yo‘llanmasi uchun kurashyotgan jamoalar bilan kurashni davom ettiraveramiz, har bir ochko uchun. Shavkat Salomovning qizil kartochka olganiga kelsak, menga hozir ushbu vaziyat uchun baho berish qiyin. Lekin Shavkatning raqib futbolchisiga qo‘pol harakati albatta bu xunuk holat. Biz buni ko‘rib chiqamiz, tahlil qilamiz. Tarkibimizda 20 ta futbolchi bor. “Andijon” bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinga munosi tayyorlanamiz.
“Buxoro” matbuot xizmati.
Fikrlar