
Hakim Fuzaylov Pro liga klubi bosh murabbiyiga aylandi
Muxlislarimizga yaxshi tanish bo‘lgan tojikistonlik tajribali mutaxassis Hakim Fuzaylov o‘tgan yili “Buxoro”ni pro ligadan Superligaga olib chiqqandi va o‘tgan yili jamoani tark etgandi. Fuzaylov yangi mavsumda ham Buxoroda ishlaydi.
Gap shundaki, Buxoro viloyatining yana bir jamoasi – “G‘ijduvon” jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshladi. Murabbiy yangi klubi bilan mavsumga tayyorgarlik olib boryapti.
Hakim Qayumovich 2021 yili “Dinamo”ni pro ligadan Superligaga olib chiqqandi. 2022 yilda esa “Buxoro”ni ham elitaga qaytargan. Ya’ni, Fuzaylov pro ligada ishlagan klublarini kuchlilar orasiga qaytarishga muvaffaq bo‘lyapti. Ko‘ramiz, “G‘ijduvon”da ham bu ishini takrorlay olarmikin?
Fikrlar