Hakamlarimiz Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi

  • 13 fevral, 17:27
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

12 fevral kuni O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi huzuridagi Hakamlar markazi tomonidan Turkiyada bosh hakam va yordamchi hakamlar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlandi.

Tecno

Yig‘in davomida hakamlarimiz Ruminiya, Ukraina, Gruziya, Moldova kabi davlatlarning jamoalari ishtirokidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarini boshqaradi. Bu esa ularning tajribasini oshirish va  maydonda ishonchli boshqaruvni ta’minlashga xizmat qiladi.

Mazkur yig‘inning asosiy maqsadi – 2025-yilgi Superliga va O‘zbekiston kubogi uchrashuvlarida hakamlarning yanada samarali faoliyat olib borishini ta’minlashdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, hakamlar uchun tashkil etilgan mazkur yig‘in 24 fevralga qadar davom etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!