Haftasiga bir evro maosh oladigan Alves "Barsa"ga qaytishi borasida fikr bildirdi
Braziliyalik himoyachi Dani Alves "Barselona" bilan mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi va qaytish qarori borasida fikr bildirdi.
"Bu juda qiziqarli bo‘ldi. Prezident bilan gaplashdim. Ular menga pul to‘lamasa ham, jamoaga yordam berish uchun qaytib kelishni juda xohladim.
Men qat’iyatli edim. Oxir-oqibat, prezident qarorni Xavi qabul qilishini aytdi. Shunda Xavi qaytib kelayotganini angladim. Bu imkoniyatlarimni oshirdi. Sababi, u meni yaxshi taniydi. Xavi menga qo‘ng‘iroq qilganida, yordam berish uchun doim tayyor ekanligimni eslatdim.
Nima bo‘lganda ham, hatto tekinga o‘ynashim kerak bo‘lsa ham "Barselona"ga qaytishni xohlardim", - dedi Alves.
Qayd etish joiz, 38 yoshli qanot himoyachisi "ko‘k-anorranglilar"dan haftasiga 1 evro maosh oladi. Shuningdek, uning shartnomasida bonuslar ham mavjud.



Fikrlar