
Habib Nurmagomedovning dasxati Jon Jonsning dasxati va Fyodor Emelyanenko qo‘lqopidan ancha qimmatga sotildi
Sobiq UFC jangchisi Habib Nurmagomedov dasxati, Jon Jonsning surati tushirilgan karta va Fyodor Emelyanenkoning qo‘lqoplari auktsionda sotuvga qo‘yildi. Yakunda Xabib Nurmagomedovning dasxati Djon Djonsning dasxatidan olti barobar qimmatga sotildi. Fyodorning qo‘lqoplari esa anchagina arzonga baholangan.
PWCC Market Place kimoshdi savdosida UFC engil vazn toifasining sobiq chempioni Habib Nurmagomedovning dasxati tushirigan kartochka 8500 dollarga sotildi. Xuddi shunday, Jon Jonsning dasxati bor kartochka 1325 dollarga, Fyodor Emelyanenkoning qo‘lqoplari 299 dollarga baholangan.
Ma’lumot uchun, ular MMA tarixidagi eng buyuklar borasida asosiy munozaralarga sababchi bo‘luvchi jangchilar hisoblanadi.
Fikrlar