Gyundogan sobiq jamoasiga qaytmoqda

  • 20 avgust, 2024, 00:14
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yozda "Barselona" tarkibiga kelib qo‘shilgan Ilkay Gyundogan sobiq jamoasi "Manchester Siti"ga qaytishi mumkin. 

Tecno

Fabritsio Romano xabar berishicha, yarim himoyachi kataloniyaliklar safini tark etishga yaqin turibdi. Unga Qatar va Saudiya klublaridan takliflar tushmoqda, lekin futbolchi "shaharliklar" tarkibiga qaytishga qaror qilgan. 

Gyundogan "Barsa" bilan tuzilgan shartnomani bekor qilib, klubdan ketishi kutilmoqda. Shundan keyin u "Manchester Siti" bilan bitim imzolaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Ilkay 2016 yili "Borussiya"dan Manchester jamoasiga 27 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan. 2023 yilda esa erkin agent sifatida ketgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!