Gyundog‘an: Meni qaytarib olinglar

  • 20 avgust, 2024, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ga o‘tgan yoz erkin agent sifatida bepul ko‘chib o‘tgan Ilkay Gyundog‘an kuzgacha boshqa klubga ko‘chib o‘tishi kutilyapti.

Tecno

Ayrim manbalarning yozishicha, germaniyalik futbolchining 15 million evrodan ortiqroq yillik maoshi klub g‘aznasiga og‘irlik qilayotgani, yangi o‘yinchi Dani Olmoni qaydnomaga kiritish uchun klub qimmatbaho futbolchilardan biri bilan xayrlashishi lozimligi klub mutasaddilarini Gyundog‘andan voz kechishga majbur qilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Ilkay Gyundog‘an sobiq jamoasi “Manchester Siti”ga bog‘lanib, o‘zini klubga qaytarish bo‘yicha muzokara boshlagan. “Shaharliklar” ham sobiq sardorni qaytarishga qarshi emasligini aytilmoqda.

33 yoshli futbolchi 2016-2023 yillar davomida Xosep Gvardiola jamoasining etakchi o‘yinchilaridan bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!