
Gvardiola zaxirada o‘tirgan Husanov va boshqa 3 markaziy himoyachiga munosabat bildirdi
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining so‘nggi turida Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" "Yuventus" bilan to‘qnash kelib, yirik 5:2 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Ushbu bellashuv yakunlangandan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Gvardiola bugungi uchrashuvdagi 2 markaziy himoyachi va zaxiradagi fulbeklar haqida ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bugun bizda ikkita ajoyib markaziy himoyachi bo‘ldi va yana to‘rttasi zaxirada o‘tirgan edi. O‘tgan yili esa bizda faqatgina 1 ta zaxira himoyachimiz bo‘ldi. Shuning uchun biz qiynaldik, mashq qila olmadik. Endi esa murabbiylar shtabi bilan o‘z mashg‘ulotimizni rivojlantirdik. Bu — Angliya Premer-ligasi, Evropa va barcha musobaqalarda kurashib, kattaroq natijalar qayd etish uchun yagona yo‘ldir" - deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" Jahon chempionatining guruh bosqichini 1-o‘rin bilan yakunlab, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Pley-offda esa "H" guruhidan 2-o‘rin bilan chiqqan Saudiyaning "Al-Hilol" klubi bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar