
Gvardiola yangi mavsumda nima qilmoqchi?
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Anliya Premer-ligasining yangi mavsumida jamoasidan nimalar kutayotgani haqida o‘z fikr-mulohazalarida aytib o‘tdi.
“Shaharliklar” ketma-ket to‘rt yillik chempionlikdan keyin o‘tgan mavsum bosh sovrinni “Liverpul”ga boy bergan va uchinchi o‘rin bilan kifoyalangan edi.
- Kutayotganim faqat bir narsa – ilk uchrashuvlarda zafar quchib, jamoaning o‘ziga ishonchini uyg‘otish va oldinga intilishni ta’minlash uchun bor imkoniyatni ishga solishdan iborat.
Har bir mavsum nimasi bilandir avvalgilariga o‘xshab ketadi. Chunki o‘zimiz ham 10 yil oldin boshlagan ishlarimizni davom ettirayotgan bo‘lamiz.
Tabiiyki, biz yangi mavsumda o‘tgan galgisidan ko‘proq narsalarga erishishni maqsad qilganmiz. Lekin odatda, chempionatdan avval nimalarga erishishimiz mumkinligini tasavvur ham qila olmaymiz, - dedi Xosep Gvardiola.
“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining yangi mavsumidagi birinchi uchrashuvini 16 avgust kuni safarda “Vulverxempton”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar