
Gvardiola yangi kelganlarning EChL keyingi bosqichlarida qanchalik muhimligini aytdi
Pep Gvardiola "Bryugge"ga qarshi uchrashuvdan (3:1) so‘ng jamoaga yangi kelib qo‘shilganlarning pley-offda jamoaga yordam berishi qanchalik muhimligini aytdi.
"Albatta, bu juda muhim. Biz butun mavsum davomida futbolchilarsiz qiyinchilikka duch keldik. Ular bilan bizda variantlar ko‘p bo‘ladi. Umid qilamanki, Doku ham qaytadi.
Kovachich tajribali futbolchi. U fantastik gol urdi. Kova mana shunday muhim pallalarda o‘yinni o‘zgartirishga qodir. Biz buni uddaladik va endi zavqlanish vaqti keldi. Sababi, EChL juda og‘ir boshlandi. Ammo yakunda oldinga qadam tashlay oldik. Qur’a esa... Ko‘ramiz", - dedi Gvardiola.
Ma’lumot uchun, pley-offda "Siti"ga "Real" yoki "Bavariya" raqiblik qiladi.
Fikrlar