Gvardiola: "Umuman olganda, "Arsenal" yaxshiroq o‘ynadi"

  • 21 sentabr, 23:22
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Arsenal" bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. "Shaharliklar" ikkinchi bo‘limning qo‘shimcha vaqtida gol o‘tkazib yubordi va g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Tecno

- Bir hafta ichida biz murakkab o‘yinlarni o‘tkazdik - "Manchester Yunayted"ga qarshi, keyin Chempionlar Ligasi. Bugun ham kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. Matonati uchun jamoam oldida bosh egaman.

Yuqori pressingda samarasiz o‘ynaganda hujumlar uyushtirish juda mushkul. Biz bir necha marta hujumga o‘tdik. Menimcha, natija adolatli. Umuman olganda, "Arsenal" yaxshiroq o‘ynadi. Biz juda charchagandik. "Napoli" bilan o‘yin juda emotsional bo‘ldi va tiklanish kunidan so‘ng Londonga yo‘l oldik. "Arsenal" so‘nggi ikki mavsumda chempionlik uchun kurashdi va Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqdi. Ularga qarshi o‘ynash juda qiyin. Ko‘plab futbolchilarimiz charchagan. Buning ustiga, bizda ko‘plab jarohatlanganlar bor, - dedi Gvardiola.

Angliya Premer-ligasining 5 turidan so‘ng "Manchester Siti" 7 ochko bilan turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998913335306
22/09/2025 13:47
Гвардиола сен ўзинг чарчаганга ўхшайсан. Ўйинчи алмаштиришда килаётган хатоларинг сабаб булди Арсенални 1 0 га ютиб турувдинг./Сенинг адашганинг сабабли дуранг булди.