
Gvardiola shogirdi qayga boradi?
“Manchester Siti” markaziy himoyachisi Nikolas Otamendi transfer mavsumi yakunlangunicha klubni tark etishi lozim.
Tajribali himoyachi oldida uchta yo‘l turibdi. Otamendiga “Inter” va “Portu”dan chorlov bor. Har ikki klub manchesterliklar bilan muzokara o‘tkazmoqda.
Biroq, Xosep Gvardiola shogirdiga uchinchi variantni ham taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, Nikolas Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi kerak. Chunki “Manchester Siti” rahbariyati 50 million evroga baholanayotgan “Sevilya” himoyachisi Jyul Kunde transferida 32 yoshli argentinalik futbolchidan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar