
Gvardiola sharmandali mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Angliya Premer-ligasining 24-turida Londonda “Arsenal” mehmoni bo‘lgan “Manchester Siti” qaqshatqich zarbaga uchradi.
“Kanonirlar” Xosep Gvardiola shogirdlarini 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.
O‘yindan keyin “shaharliklar” ustozi bu mag‘lubiyatni quyidagicha izohladi.
- Men oxirgi 25 daqiqadagi ahvolimizga achindim. Biz nima qilishimiz kerakligini va shu paytgacha qo‘limizdan kelgan ishlarni unutib qo‘ydik. Bu stadionda “Arsenal”dek kuchli jamoaga qarshi o‘ynash juda og‘ir.
Uchrashuv boshidan raqibga imkon bergan holatlarimiz mavsum boshidan beri juda ko‘p kuzatilyapti. Lekin keyinchalik 10-15 daqiqa o‘yin nazoratini o‘z qo‘limizga oldik va hisobni tenglashtirdik. Shu bilan birga yaxshi vaziyatlarga ham ega bo‘ldik.
Oxirgi 15-20 daqiqani inobatga olmaganda, juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik.
Mavsum boshidan beriraqibga juda ko‘p imkon beryapmiz, aslida bunday bo‘lishi kerak emasligini o‘zimiz ham juda yaxshi bilamiz. Shunga qaramay, bu hol muntazam ro‘y bermoqda, - dedi Xosep Gvardiola.
Mag‘lubiyatga qaramay, “Manchester Siti” hozircha Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar