
Gvardiola “Real” yulduzini chaqiryapti
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z jamoasiga “Real” yarim himoyachisi Luka Modrichni chorlamoqda.
Ispaniyalik mutaxassis xorvatiyalik futbolchini yozda madridliklar bilan amaldagi shartnomasi yakunlangan payt erkin agent sifatida qo‘lga kiritmoqchi.
“Qirollik klubi” 36 yoshli Modrichning sport formasini yuqori baholamoqda va uning amaldagi shartnomasini yana bir yilga uzaytirishni rejalashtirgan.
Modrich 2012 yildan beri madridliklar sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Mohir o‘yinchi bu jamoa safida ko‘plab, sovrinlarni xususan “Oltin to‘p”ni ham qo‘lga kiritgan.
Fikrlar