Gvardiola qaltis savolga javob berdi

  • 25 oktabr, 08:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik jurnalistlar “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani jamoa etakchisi va yangi sardori Bernardu Silvaning klubdagi kelajagi haqida savolga tutdi.

Tecno

Ma’lumki, 31 yoshli futbolchining “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Bernardu Silva muhitni o‘zgarishga qaror qilgan va jamoada qolmoqchi emas.

Ispaniyalik murabbiy portugaliyalik shogirdi haqidagi savolga quyidagicha javob qaytardi.

-  Bernardu kelajagi haqida menga hali hech narsa degani yo‘q. Silva bizning sardorimiz, hammamiz uni  yaxshi ko‘ramiz. Lekin u nima qilmoqchi ekanini bizga aytmadi, - dedi Xosep Gvardiola.

Bernardu Silva 2017 yildan beri “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda. Portugaliyalik universal futbolchi jamoa bilan klublar miqyosidagi deyarli barcha nufuzlarni qo‘lga kiritib bo‘lgan.

Silvaga Evropaning bir necha grand klublari va Saudiya Arabistonining qator badavlat jamoalari da’vogarlik qilayotgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!