
Gvardiola: "Nyukasl" eng kuchli raqiblarimizdan biriga aylanadi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Nyukasl"ga qarshi jangovor durangdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Haqiqiy futbol ko‘rdik. Biz o‘yinni juda yaxshi boshladik. Ammo yakkakurashlarda ko‘p yutqazdik va raqibning hujumga qochib ketishiga qo‘yib berdik.
20-daqiqadan keyin "Nyukasl" yaxshi o‘ynay boshladi. Lekin biz ularga kim ekanimizni ko‘rsatib qo‘ydik.
To‘g‘ri, biz g‘alaba qozona olmadik. Lekin ishoning, "Nyukasl" eng kuchli raqiblarimizdan biriga aylanadi.
Bugun "Lids" "Chelsi"ni mag‘lub etdi. Biz durang o‘ynadik. Bu APL barcha jamoalar uchun qiyin ekanini anglatadi. "Siti" esa aynan shu chempionatda deyarli besh yil hukmronlik qildi, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar