Gvardiola noyob o‘yinchini “Real” va “Arsenal” olishiga yo‘l qo‘ymaydi
Tarkibini yoshartirish maqsadida avlodlar almashinuvi jarayonini boshidan o‘tkazayotgan “Manchester Siti” skautlari bosh murabbiy Xosep Gvardiola talabiga javob bera oladigan yana bir noyob iste’dod egasini topdi.
Manchesterliklar Ispaniya chempionatida ishtirok etayotgan “Elche” yarim himoyachisi Rodrigo Mendosa uchun kurashga qo‘shildi.
20 yoshli futbolchi anchadan beri “Arsenal” va “Real” nishonida turibdi.
Daily Mail nashriga ko‘ra, Mendosa o‘yin sifatlari bo‘yicha “Barselona” yarim himoyachisi Pedriga o‘xshaydi. Ayniqsa, o‘yinni o‘qish va bo‘sh zonalarni topish qobiliyati bilan ko‘pchilikning e’tiborini qozonib kelmoqda.
Joriy mavsumda “Elche” yarim himoyachisi barcha turnirlarda 10 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 9 million evroni tashkil etadi.



Fikrlar