
Gvardiola: "Men uslubimni hech qachon o‘zgartirmayman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning o‘yin uslubi haqida fikr bildirdi.
Jurnalistlar undan so‘z oralig‘ida uslub o‘zgargan-o‘zgarmaganini so‘rashdi.
"Ha, 18 ta sovrinni qo‘lga kiritgandan keyin uslubimni albatta o‘zgartirib yuboraman yoki Premer-ligada to‘rt marta qatorasiga chempion bo‘lgandan so‘ng ishonchimni yo‘qotaman. Yo‘q, men hech qachon o‘z ishonchim va g‘oyalarimdan qaytmayman!
Agar biz to‘pni raqib maydonida yuqorida qaytarib olsak, tezkor hujum qilishni xohlayman. Agar raqib yuqori pressing qo‘llasa va biz birinchi bosimdan chiqib olsak, yana tezkor hujum qilishni xohlayman. Lekin keyin... men to‘pni million marta bir-biriga uzatib, o‘yinni nazorat qilishni yaxshi ko‘raman. Bu menga yoqadi.
Mening jamoalarim to‘pga egalik qilib, o‘ynashini istayman. Lekin ayrim paytlarda tezkor hujum zarur bo‘ladi. Biz bundan birinchi kundanoq foydalanganmiz: Leroy Sane va Raxim Sterling mashinadek yugurardi, biz tezkor hujumlar qila olardik", – dedi ispaniyalik murabbiy.
Fikrlar