Gvardiola "Manchester Siti"ga EChLni yutishda yordam beradigan futbolchini topdi
ESPN nashri tarqatgan xabarga qaraganda, yarim himoyachi Jek Grilish "Aston Villa"ni tark etishi mumkin.
25 yoshli angliyalik futbolchini "Manchester Siti" o‘z safida ko‘rmoqchi. Aniqrog‘i, Grilishni bosh murabbiy Xosep Gvardiola tarkibga olib kelish borasida o‘z taklifini rahbariyatga bildirgan. Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, Jek jamoaga Chempionlar ligasi va premer-ligani yutishda yordam bera oladi.
O‘z navbatida "Aston Villa" ham "Norvich" yarim himoyachisi Emiliano Buendiani sotib olganidan so‘ng Grilishni sotishi mumkinligi aytilmoqda.
Jek Grili ortda qolgan mavsum premer-ligada jami 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol yozdirib qo‘ydi. “Aston Villa” mavsumni 11-o‘rinda yakunladi.



Fikrlar