
Gvardiola Leroy Sanening jamoa safiga qo‘shilish vaqtini ma’lum qildi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Leroy Sanening jamoa ixtiyoriga qaytish vaqtini aytib o‘tdi.
"Leroy hali biz bilan ishlashni boshlamadi, biroq uning tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Keyingi haftada u biz bilan birga mashg‘ulotlarga kirishadi", - deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, Leroy Sane o‘tgan yil avgustida olgan jarohatidan so‘ng maydonga qaytmadi.
O‘tgan mavsumda 24 yoshli germaniyalik futbolchi "Manchester Siti" tarkibida 47 o‘yinda maydonga tushib 16 ta gol kiritishni uddalagan.
Fikrlar